Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 may – 1 iyun kunlari oralig‘ida Qo‘ng‘irot tumanida Qizil kitobga kiritilgan Yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Tabiat qo‘yniga 2040 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan “International fund for houbara conservation” markazida ko‘paytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qizil kitob yo'rg'a tuvaloq

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing