Qiziqchi Mirzabek Xolmedov orden oldi
Madaniyat-san’at
−
23 avgust 22646 2 daqiqa
O‘zbekiston davlat satira teatri direktori, badiiy so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 23 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tegishli farmon imzolandi.
Qayd etilishicha, u O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlangan.
Shuningdek, quyidagilar ham “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan:
- Nasrulla Jalilovich Abdullayev – O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori o‘rinbosari;
- Farida Shorahimovna Akbarova – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi “Bo‘ston sanatoriysi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati;
- Ibragim Rahmonovich Askarov – Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professori;
- Hakimaxon Otaxonova – O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri yetakchi sahna ustasi
- Nizomiddin Fayzullayevich Botirov – Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
- Vahob Rahmonov – Guliston davlat universitetining o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti
- Mirvohid Mirahmadovich Rahmatov – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Toshkent shahri
- Tal’at Soatov – O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri
- Qilich Musajonovich Tojiyev – Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xonanda, Farg‘ona viloyati.
Ma’lumot uchun, Mirzabek Xolmedov 1961 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U institutni tugallab, o‘zining shaxsiy “Mirzo teatri”ga asos soldi. Jamoa tarkibiga o‘zidan tashqari, talabalik yillarida tanishgan ikki nafar o‘zbekistonlik qiziqchi Shukurullo Isroilov va Valijon Shamshiyevlarni qo‘shdi va bu jamoani yillar davomida yangilab, kengaytirib bordi. 1985 yil Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatrida Hamza Hakimzoda Niyoziy pesasi, N.Abdurahmonov rejissyorligi asosida “Maysaraning nayranglari” nomli spektaklida Hidoyatxon rolini ijro qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kino va teatr aktyori Karim Mirhodiyev, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Saida Rametova hamda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Toxir Sayidov “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr