Yana bir guruh marhum ijodkorlar turli mukofotlar bilan taqdirlandi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari hamda “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi” kabi romanlar muammifi O‘tkir Hoshimov “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi Odil Yoqubov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, jumladan, “Sen yetim emassan”, “Toshkent – non shahri” kabi filmlarni suratga olgan kinorejissyor Shuhrat Abbosov, o‘zbek kinematografiyasining oltin fondidan o‘rin olgan ko‘plab filmlarning bosh rol ijrochisi, dublyaj san’atining mohir ustasi, Yunus Rajabiyning o‘g‘li Obid Yunusov hamda ijodida qattiqqo‘l, hukmini o‘tkazishga o‘ch ayollar obrazi alohida o‘rin tutgan, Farmonbibi (“Kelinlar qo‘zg‘oloni”) obrazi bilan xalq tanigan aktrisa Zaynab Sadriyeva “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Shu jumladan Prezident farmoniga muvofiq quyidagi bir guruh marhum ijodkorlar va san’at fidoyilari turli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi: 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan 

Saida Zunnunova - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi 
Manzura Hamidova - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa 
Orifxon Hotamov - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan 

O‘lmas Alixo‘jayev - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor 
Ikroma Boltayeva - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa 
Maryam Yoqubova - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa 
Jamshid Karimovich Zokirov - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor 
Hojiakbar Nurmatov - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor 
Ochilxon Otaxonov - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi 
Dias Nig‘matovich Rahmatov - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor 
Yulduz Rizayeva - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa 
O‘lmas Saidjonov - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi 
To‘lqin Jo‘rayevich Tojiyev - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor.

“Do‘stlik” ordeni bilan 

Davron G‘oipov - estrada xonandasi 
Rasulqori Mamadaliyev - xonanda va sozanda 
Rtveladze Eduard Vasilevich - akademik, arxeolog va san’atshunos olim 
Sanjar Lutfullayevich Sadullayev - dublyaj aktyori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq artistlari, marhum G‘ani A’zamov va Hamza Umarov ham “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehnat shuhrati Do'stlik Buyuk xizmatlari uchun Fidokorona xizmatlari uchun El-yurt hurmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing