Marhum aktyorlar G‘ani A’zamov va Hamza Umarov ham mukofotlandi 

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq artistlari, marhum aktyorlar G‘ani A’zamov va Hamza Umarov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Ma’lumot uchun, mashhur o‘zbek kino va teatr aktyori, O‘zbekiston xalq artisti G‘ani A’zamov 1909 yil 7 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. G‘ani A’zamov aktyor bo‘lishidan avval tramvay haydovchisi bo‘lib ishlagan va hech qachon Oliy o‘quv yurtida o‘qimagan. Marhum aktyor “Alisher Navoiy” spektaklida Izzat Sultonov, Uyg‘un dramasidagi Munajjima, S.Azimovning “Haqiqiy sevgi” pesasida Arslonsher, Abdulla Qahhorning “So‘nggi namuna” pesasida Yusuf, Nikolay Gogolning “Revizor”ida Bobchinskiy, Uilyam Shekspirning “Ikki veroniyalik” komediyasida Launs kabi siymolarni gavdalantirgan. Shu bilan birga, G‘ani A’zamov yaratgan Oybekning “Qutlug‘ qon” asaridagi Qamar, Sarvar Azimovning “Qonli sarob” asaridagi Omonyor, Erkin Vohidvning “Oltin devor” komediyasidagi Mo‘min siymolarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 

Hamza Umarov – aktyor, rejissyor, dublaj ustasi va O‘zbekiston xalq artisti (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida o‘qigan. 1950-86 yillar Muqimiy teatrida, 1987 yil yanvar–avgustda Hamza teatrida, so‘ngra “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ishlagan. Hamza Umarov Isfandiyorxon (“G‘azal fojiasi”), Ma’dalixon (“Nodira”), Sayd (“Guli siyoh”), Masxaraboz (“O‘n ikkinchi kecha”), Asqarali (“Mavlono Muqimiy) kabi obrazlarini gavdalantirgan. Marhum san’atkor dublyaj san’atining mohir ustasi sifatida tanilib, 1000 dan ortiq filmda ovoz bergan va Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk xizmatlari uchun G'ani A'zamov Hamza Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing