Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

G‘ulomjon Yoqubov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi (video)

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu to‘g‘risidagi tegishli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, G‘ulomjon Yoqubov milliy qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Mukofotni G‘ulomjon Yoqubovning tavallud sanasi munosabati bilan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva topshirgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston davlat simfonik orkestri opera artisti Otabek Bahodir o‘g‘li Nazirov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

orden G'ulomjon Yoqubov Buyuk xizmatlari uchun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing