Qiynoqlarni oldini olishga qaratilgan qarordan qanday natijalar kutilmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilash qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonundan kutilayotgan natijalardan biri. Bu haqda bugun, 29 may kuni Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, eng avvalo, qiynoqning oldini olish bo‘yicha milliy tizim xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtiriladi. BMTning Qiynoqqa qarshi qo‘mitasi tomonidan bildirilgan tavsiyalarning aksariyat qismini bajarilishini ta’minlaydi. Shuningdek, qaror loyihasidan quyidagi natijalar kutilmoqda:

– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanadi.

– Qaror loyihasi qiynoqning barvaqt oldini olishga samarali xizmat qilishini alohida qayd etish joiz. Qiynoqning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tiladi.

Bunda asosiy e’tibor qiynoq holatlarini kelib chiqishiga imkon bergan omillarni aniqlash va bartaraf etishga, tegishli mansabdor shaxslarni maxsus dastur bo‘yicha o‘qitish asosida ularda qiynoqdan himoyalanish huquqini ta’minlash masalasida yangicha dunyoqarashni shakllantirishga qaratiladi.

– Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash ustidan nazorat takomillashadi.

– Qiynoqqa doir murojaatlar tezkorlik bilan xolisona ko‘rib chiqiladi.

– Aybdor shaxslar uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi. Qiynoq holatlari latent bo‘lib qolishining oldi olinadi.

– Qiynoqning oldini olish faoliyati borasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikda ishlanadi.

– Aholini tashvishga solayotgan qiynoqqa doir masalalar to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlar keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkaziladi.

– Qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini ta’minlash, ularga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlari takomillashadi. Pirovard natijada qiynoqning oldini olish tizimining samaradorligi ancha oshadi.

Hozirgi vaqtda qaror loyihasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishuvdan o‘tkazilmoqda. Yaqin kunlarda loyiha umumxalq muhokamasidan o‘tkazish uchun elektron tizimga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi ishlab chiqilgani va Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qiynoqlar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing