Qisman haq to‘lanadigan ta’til qanday rasmiylashtiriladi?

Jamiyat

image

Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lashning boshqa turlari orasida Soliq kodeksida “asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda ta’tilda bo‘lgan xodimlarga beriladigan to‘lovlar” zikr etilgan (374-modda 3-band). Yuridik fanlari nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Mixail Yusupovich Gasanov bunday to‘lovlarni mehnat qonunchiligi talablarini buzmagan holda qanday rasmiylashtirish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

- Karantin choralari munosabati bilan korxonada ish to‘xtatilgan. Bo‘sh turib qolingan vaqt uchun xodimlarga o‘rtacha ish haqini saqlab qolishning moliyaviy jihatdan imkoniyati yo‘q, ular esa o‘zlariga ish haqi saqlab qolinmagan holda beriladigan ta’til taqdim etish to‘g‘risida ariza yozishdan bosh tortishmoqda. Ushbu vaziyatda  xodimlarga ta’tilni rasmiylashtirish va ularga, aytaylik, MHEKMning 1 baravari miqdorida haq to‘lash mumkinmi?

- Ha, mumkin. Ish haqini qisman saqlab qolgan holda ta’til taqdim etish imkoniyati xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal hujjatda yozilishi kerak.

Agar korxonada jamoa shartnomasi bo‘lmasa, bunday ta’til taqdim etishning tafsilotlarini xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuvda kelishib oling.

- Biroq amaldagi Mehnat shartnomasi xodimlarga bunday ta’til taqdim etilishini nazarda tutmaydi. Bu mehnat qonunchiligini buzish hisoblanmaydimi?

- Haqiqatan, amaldagi MK xodimga ish haqini qisman saqlab qolgan holda ta’til berishni nazarda tutmaydi. Biroq MK – bu mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining hammasi emas. Ta’til mobaynida bunday haq to‘lash to‘g‘risida Soliq kodeksining 374-moddasida aytilgan.

Bundan tashqari, MKning 4-moddasi 2-qismiga asosan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari (qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha)  boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan – shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.

Avvalroq, karantin davrida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalariga t’til berish tartibi tasdiqlangani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

karantin ta'til koronavirus

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing