Qishloq xo‘jaligida yopiq quvurli sug‘orish tizimiga o‘tiladi
Jamiyat
−
19 aprel 2023
7043Qishloq xo‘jaligida suvni tejash maqsadida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tajriba tariqasida yopiq quvurli sug‘orish tizimini joriy qilish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda kecha, 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida suv xo‘jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda kanallarning foydali ish koeffitsiyenti pastligi va ichki tarmoqlarda suv ko‘p yo‘qotilishi oqibatida qishloq xo‘jaligida yiliga 4 milliard 800 million dollar kam daromad olinayotgani qayd etilgan.
Shu bois Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tajriba tariqasida yopiq quvurli sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari ushbu loyiha tashabbuskorining takliflarini eshitib, uni qo‘llab-quvvatlagan. Bunday ishlarni suv yetkazib berish xarajatlari eng yuqori bo‘lgan Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham amalga oshirish zarurligini ta’kidlagan.
Bunga ilm bilan yondashib, loyiha xarajatlarini qisqartirish, yopiq quvurli sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berilgan.
LiveBarchasi