Qishloq xo‘jaligi sohasida 391 kishi javobgarlikka tortilgani aytildi

Jamiyat

So‘nggi ikki yilda qishloq xo‘jaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimlari turli ko‘rinishdagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. Bu haqda, joriy yilning 7 noyabr kuni, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida o‘tgan korrupsiya holatlari, kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Bosh prokurorning ta’kidlashicha, 2019-2020 yillarda turli ko‘rinishdagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan qishloq xo‘jaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimlari jinoiy qilmishlari oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 225 mlrd so‘mni tashkil etgan. 

Ayni payda sohaga macul qishloq va suv xo‘jaliklari vazirliklari tizimida ishlayotgan 52 nafar xodimlar korrupsiyaviy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. 

“Yangiyo‘l tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Yuldashev “Valiyev Invest baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Valiyev bilan til biriktirib, fermer xo‘jaligining 30 sotix yer maydonini soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali 38 400 dollarga sotib yuborgan.

Bundan tashqari "O‘zdonmahsulot" kompaniyasi tizimida 18 nafar, “O‘zagrokimyohimoya” jamiyati tizimida 27 nafar, sobiq “Bo‘zpaxtasanoat“ jamiyati tizimida 172 nafar xodimlar turli korrupsiyaviy jinoyatlarga yo‘l qo‘ygan”, deydi, Bosh Prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Bosh prokuror yuqoridagi holatlar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, qolaversa, soha mas’ullaridan ham vaziyatni nazoratga olish va tubdan o‘zgartirish yuzasidan choralar ko‘rishlarini so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuror Jamshid Xo'jaev korruptsiyaviy

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing