Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?
Jamiyat
−
19 mart
123112023 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot(xizmat)larining umumiy hajmi 426,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (926,7 ming tonna mahsulot). Andijonda eng ko‘p sabzavotlar (1 772,6 ming tonna) hamda meva va rezavorlar yetishtirilgan (696,8 ming tonna).
Samarqandda eng ko‘p kartoshka (726,3 ming tonna), uzum (639,2 ming tonna), go‘sht (326,2 ming tonna) va sut (1 403,5 ming tonna) olingan, qolaversa, viloyatda 1 734,1 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.
Shuningdek, Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (337,3 ming tonna). Toshkent viloyatida esa eng ko‘p – 1 509,7 million dona tuxum olingan va eng ko‘p – 56 494 bosh otlar bor. Xorazmda eng ko‘p – 30,9 ming tonna baliq ovlangan. Qashqadaryoda 5 027,4 ming bosh qo‘y va echkilar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga imtiyoz berilishi aytilgan edi.
LiveBarchasi