Qishki transfer oynasining eng qimmat 10 ta xaridi e’lon qilindi

Sport

image

2026 yilgi qishki transfer oynasidagi eng qimmat 10 ta transfer e’lon qilindi. Unda Antuan Semeno mavsum oralig‘idagi eng qimmat transfer deb topildi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu reytingda birinchi o‘rinni “Bormunt”dan “Manchester Citi” transfer qilingan qanot yarim himoyachisi Antuan Semeno egalladi. Uning transferi uchun “shaharliklar” “Bornmut”ga 72 million yevro to‘ladi.

Ikkinchi eng qimmat transfer Yorgen Larsenga tegishli bo‘lib, u “Vulverxempton”dan “Kristal Pelas”ga 49,7 million yevroga ko‘chib o‘tdi.

Uchinchi o‘rinda braziliyalik yarim himoyachi Lukas Paketa egalladi. U “Vest Xem”dan Braziliyaning “Flamengo” klubiga 42 million yevro evaziga transfer bo‘ldi.

Shuningdek, eng qimmat transferlar qatorida Konor Gallaxerning “Atletiko Madrid”dan “Tottenxem”ga 40 million yevro evaziga o‘tgani va Ademola Lukmanning “Atalanta”dan 35 million yevroga “Atletiko”ga  o‘tgani ham keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Transfermarkt eng qimmat Antuan Semen'o Lukas Paketa Ademola Lukman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing