Qish g‘amini yozda ye. Xitoy asosiy gaz yetkazib beruvchisi bilan kelishib oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy Turkmaniston bilan energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri, Davlat kengashi a’zosi Van I Nur-Sultonda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Uning bayonoti Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

“Energetika sohasidagi hamkorlik Xitoy-Turkmaniston strategik hamkorligining muhim tarkibiy qismidir”, deya ta’kidlagan Van I.

XXR Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, xalqaro vaziyat qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, Xitoyning ikki tomon o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan dastlabki niyati o‘zgarishsiz qolmoqda. 

“Xitoyning Turkmanistonni muhim energetika sohasidagi strategik hamkori sifatidagi pozitsiyasi o‘zgarmasdir. Biz Turkmaniston tomoni bilan hamkorlikni butun zanjir bo‘ylab kengaytirishga, hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga tayyormiz”, deydi u.

Xitoy TIV xabariga ko‘ra, tomonlar noresurs sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga, shuningdek, Turkmanistonning barqaror, diversifikatsiyalangan rivojlanishiga ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.

8 iyun kuni “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatida Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.

XXR Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston Pekinga tabiiy gaz quvurlari yetkazib beruvchi asosiy davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2021 yilda Xitoy bu davlatdan 6,79 milliard dollarlik 24 million tonna gaz import qilgan. Ta’minot bo‘yicha Rossiya ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, Qozog‘iston (1,11 milliard dollarga 4,59 million tonna), O‘zbekiston (798,98 million dollarga 3,25 million tonna) va Myanma (1,41 mlrd dollarga 3,04 mln tonna) ham Xitoyni gaz bilan ta’minlab turadi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Xitoy Turkmaniston

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing