Qirollikda o‘tayotgan “El-Klasiko”: “Barsa” noxush an’anaga chek qo‘ya oladimi? 

Sport

image

Bugun, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Ispaniya superkubogi yarim finali doirasida “Barselona” va “Real Madrid” o‘zaro bahs olib boradi.

Jamoalar qay holatda yetib keldi?

La Liga 21-doirasida Granada bilan durangdan so‘ng, “Barselona” o‘zining mavsumdagi ikkinchi “El-Klasiko”sida ishtirok etadi. Qo‘shimchasiga 5 o‘yindan buyon azaliy raqibini mag‘lub etishni unutib qo‘ydi.

“Barsa” va “Madrid” Superkubokning yangi formatida birinchi marta to‘qnash kelishmoqda va g‘olib 17 yanvar kuni finalda “Atletik Bilbao” yoki “Atletiko Madrid” bilan to‘qnash keladi. Superkubok, shubhasiz, taqvimdagi eng ahamiyatsiz musobaqa hisoblanadi. Ammo bu “El-Klasiko” ekani inobatga olinsa, uyqudan voz kechib, tomosha qilishga arziydi.

Bu bahs Kataloniya klubining 2021 yil oktyabr oyida o‘tkazilgan “Kamp Nou”dagi o‘yindan buyon qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatadi va “ko‘k-anorranglilar” murabbiyi Xavi Ernandes uchun haqiqiy sinov vazifasini o‘taydi. Madridliklar o‘sha uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, biroq “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman hozirda iste’foga chiqarilgani bahsning intrigasini oshiradi. 

Xavi jamoa boshqaruviga kelgach, kataloniyaliklar yaxshi futbol ko‘rsata boshladi va raqobatbardoshlik ruhi avvalgidan ancha yuqori. 

Ammo so‘nggi uch oyda “Real Madrid” ham ancha yaxshi ko‘rinishga keldi. Karim Benzema hamda Vinisius Junior yaxshi sport formasida bo‘lgani sabab hujum chizig‘i gol urishdan to‘xtamayapti.

Karlo Anchelotti jamoasi har ikki qanotda ham ajoyib o‘yin ko‘rsatadi. Yarim himoya esa besh yil avvalgidek yaxshi holatda va shubhasiz, mamlakatning eng yaxshi jamoasi hamda “El-Klasiko”da asosiy favorit sanaladi. Shunga qaramay, “Barsa” raqobatga dosh bera oladigan darajada yaxshilandi. Pedri, Frenki De Yong, Ansu Fati va yangi transfer qilingan Ferran Torres ikkinchi bo‘limda zahiradan maydoga tushib, “qaymoqranglilar” himoyasida vayronagarchiliklarni keltirib chiqarishga tayyor. Agar Xavi shogirdlari 60-daqiqagaga qadar darvoza dahlsizligini saqlab qola olsa, kerakli natijaga erishi mumkin.

Ehtimoliy tarkiblar:

“Barselona” (4-3-3): Neto, Alvesh, Pike, Lenglet, Alba, Niko, Buskets, Gavi, Dembele, Memfis, Ezza Abde

“Real Madrid” (4-3-3): Kurtua, Karvaxal, Militao, Alaba, Mendi, Modrich, Kazemiro, Kroos, Asensio, Benzema, Vinisius

Ushbu uchrashuvda “Real” favorit va so‘nggi uch yilda azaliy raqibiga mag‘lub bo‘lgani yo‘q, lekin “Barsa”da ham o‘sish kuzatilganini e’tirof etish kerak. 

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real Madrid” bellashuvi bugun, 12 yanvar kuni Ar-Riyod shahridagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da start oladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid Superkubok El' Klasiko

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made