Qirolichaning ahvoli og‘irlashgani ortidan farzandlari Balmoral qasriga yig‘ilyapti

Olam

image

Britaniya taxti vorisi, Uels shahzodasi Charlz va uning rafiqasi Kornuoll gersoginyasi Kamilla qirolicha Yelizaveta II ning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlar ortidan 96 yoshli monarx joylashgan Shotlandiyadagi Balmoral qasriga yo‘l oldi. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni oliy hazratlarining to‘ng‘ich o‘g‘li matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, taxtga ikkinchi o‘rinda turgan Kembrij shahzodasi Uilyam ham Balmoralga jo‘nab ketgan. 

Keyinroq BBC shahzoda Charlz qirolicha bilan birga ekanini xabar qildi. 

“Biz hozirgina shahzoda Charlz qirolicha bilan Balmoralda ekanligi haqida xabar oldik”,  deyiladi telekanal xabarida. 

Avvalroq Bukingem saroyi shifokorlar qirolichaning sog‘lig‘i haqida qayg‘urayotgani, u shifokorlar nazoratiga olingani haqida ma’lum qilgandi

Yelizaveta II so‘nggi bir necha oy davomida sog‘lig‘ida muammolarga duch kelgan: o‘tgan yilning oktyabr oyida u sakkiz yil ichida birinchi marta London shifoxonasiga yotqizilgan u yerda bir kun qoldi. Shifokorlarning talabiga ko‘ra, Qirolicha uzoq masofalarga sayohat qilishdan vaqtincha bosh tortdi va xalq oldiga hassa bilan chiqa boshladi. Iyul oyida qirolicha Yelizaveta II Birmingemdagi Hamdo‘stlik o‘yinlarining ochilish marosimida rejalashtirilgan ishtirokini bekor qildi va o‘tgan hafta Shimoliy-Sharqiy Shotlandiyadagi Bremor shahrida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy “Highland” o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

420

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing