Qirolicha Yelizaveta II ning vafoti sababli APL uchrashuvlari qoldirildi

Sport

image

Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasi o‘yinlari qoldirildi. Bu haqda APL rasmiy saytida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, Angliya chempionatining 10, 11 va 12 sentyabr kunlariga belgilangan 7-tur o‘yinlari boshqa sanada bo‘lib o‘tadi.

APL rahbari Richard Mastersning so‘zlariga ko‘ra, Premer liga va klublar Qirolicha Yelizaveta II ning Buyuk Britaniya oldidagi xizmatlariga hurmat bajo keltirmoqchi.

“Liga va klublar Qirolicha hazrati oliyalarining mamlakatimiz oldidagi uzoq va tinimsiz xizmatiga hurmat bajo keltirmoqchi. Bizning eng keksa monarximiz sifatida u ilhom manbai bo‘lib, fidokorona hayotidan keyin aqlbovar qilmaydigan meros qoldirdi. Bu nafaqat xalq uchun, balki butun dunyo bo‘ylab Qirolicha hayratda qoldirgan millionlab odamlar uchun juda qayg‘uli vaqt. Biz uning vafotidan qayg‘urayotganlar safiga qo‘shilamiz”, degan Richard Masters.

Eslatib o‘tamiz, kecha 8 sentyabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi. U 1952 yilning 6 fevralida taxtga o‘tirgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing