Qirolicha Yelizaveta II ning eri vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Bukingem saroyi veb-saytida xabar berildi. 

"Qirolicha Buyuk Qahramoni o‘zining sevimli eri, Edinburg gersogi, Qirollik oliy martabali shahzodasi Filippning vafoti to‘g‘risida e’lon qildi", deyiladi xabarda.

“Qirollik oilasi, butun dunyo aholisi bilan birga, yo‘qotish uchun qayg‘urmoqda”, deyiladi Bukingem saroyining Twitter sahifasida.

Filipp 99 yoshda edi, uning yuz yoshga to‘lishiga taxminan ikki oy qolgandi.

21 yashar Yelizaveta 1947 yil 20 noyabrda 26 yoshli Filipp Mauntbattenga turmushga chiqadi. Filipp Mauntbatten Britaniya dengiz kuchlari ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, yunon va Daniya qirol oilalari va qirolicha Viktoriyaning chevarasi edi.

Ular 1934 yilda Britaniya qirollik dengiz kollejiga tashrif buyurganlaridan keyin uchrashishgan. 1939 yilda Filipp o‘qigan Dartmutda Yelizaveta uni sevib qoladi. Filipp urush yillarida yosh malikaga e’tibor qaratdi, shundan so‘ng yoshlar o‘rtasida jonli yozishmalar boshlandi. 1947 yil 9 iyulda ularning to‘yi rasmiy ravishda e’lon qilindi. Malika bilan to‘y arafasida Filipp Edinburg gersogi unvoniga sazovor bo‘ldi. 

To‘ydan bir yil o‘tib, 1948 yil 14 noyabrda Yelizaveta va Filippning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlz va 1950 yil 15 avgustda qizlari malika Anna tug‘ildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida gersog Filipp tobi qochgani tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. Shundan so‘ng u mart oyida yurak xuruji bilan bog‘liq operatsiyani boshdan o‘tkazib, qo‘shimcha davolanish uchun bir muddat shifoxonada qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

297

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made