Qirol Charlz III xalqiga ilk murojaatini yo‘lladi

Olam

image

Bugun, 9 sentyabr kuni Buyuk Britaniya qiroli Charlz III mamlakat xalqiga ilk murojaatini yo‘lladi. U ilk murojaatida onasi umrini taxtda, mamlakatga xizmat qilib o‘tkazganini, u ham shu yo‘ldan borishini ma’lum qildi.

“Bugun men sizlarga chuqur qayg‘u bil murojaat qilmoqdaman. Qirolicha Zoti Oliyalari – mening sevimli onam butun umri davomida menga va butun oilamga ilhom manbai va namuna bo‘ldi. Va biz uning sevgisi, bog‘liqligi, rahbarligi, tushunishi va namuna bo‘lgani uchun har bir oilada bo‘lgani kabi onamdan qarzdormiz”, degan qirol nutqi avvalida.

Charlz III o‘z boshqaruvi haqida fikr bildirib, onasining qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

“Qirolicha kabi cheksiz sadoqat bilan, men ham Xudo menga bergan qolgan vaqt davomida xalqimiz asosiga tayangan konstitutsiyaviy tamoyillarni qo‘llab-quvvatlashga tantanali ravishda va’da beraman.

Birlashgan Qirollikning, qirolliklarning yoki dunyoning istalgan joyida yashashingizdan qat’i nazar, kelib chiqish va e’tiqodingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, men butun hayotim davomida sizga sodiqlik, hurmat va muhabbat bilan xizmat qilishga harakat qilaman”, deydi Britaniya qiroli.

U nutqi davomida to‘ng‘ich o‘g‘li, vorisi Uilyamni Uels shahzodasi deb e’lon qilgan. Kenja o‘g‘li Garriga to‘xtalib, uni yaxshi ko‘rishini va u turmush o‘rtog‘i Megan bilan mamlakatdan tashqarida o‘z hayotini qurayotganini aytib o‘tgan.

Charl III ilk murojaatini onasi Yelizaveta II ga hurmat bilan yakunladi.

“Qadrli otam oldiga so‘nggi buyuk safarga yo‘l olayotgan aziz onamga shunchaki rahmat demoqchiman.

Siz uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan oilamiz va xalqlar oilasiga bo‘lgan mehringiz va fidoyiligingiz uchun tashakkur”, degan yangi qirol.

Eslatib o‘tamiz, kecha 8 sentyabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi. U 1952 yilning 6 fevralida taxtga o‘tirgan edi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Charlz mamlakat qiroliga aylandi. Ertaga u rasman davlat rahbari deb e’lon qilinishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing