Qirg‘izistonning sobiq birinchi xonimi sud ishiga aralashgani iddao qilindi

Olam

image

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning rafiqasi Raisa Atamboyeva xalqaro tog‘-konchilik tashkiloti “Sinxua”ga tegishli BLS qurilish kompaniyasi ishi bo‘yicha sud jarayoniga aralashganlikda gumon qilinyapti. Bu haqda 24.kg Qirg‘iziston Jamoatchilik teleradiokompaniyasiga (JTRK) asosan xabar berdi.

Qirg‘iziston davlat rahbari apparatining sud islohoti va qonun ustuvorligi bo‘limi sobiq rahbari Manas Araboyev Raisa Atamboyevaga mazkur ish bo‘yicha qarshi ko‘rsatma berdi.

“2016 yilda BLS kompaniyasi ishini ko‘rib chiqishda Raisa Atamboyeva bir necha bor uchrashuv haqida so‘ragan. Unda boshqa shaxslar, shuningdek, uning o‘g‘li Rais ham ishtirok etgan. Ular shahar sudida ko‘rib chiqilayotgan ishni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatishni so‘ragan. Atamboyeva bir necha marta xabarlar yozgan, buni uning telefon raqamidan amalga oshirilgan suhbatlarni tekshirish orqali bilib olish mumkin. Har bir uchrashuvga ko‘plab xabarlar hamrohlik qilgan, unda u qat’iy tarzda uchrashuv haqida so‘ragan”, degan Araboyev.

Manas Araboyevning ta’kidlashicha, Raisa Atamboyeva Bishkekning Sverdlovsk tuman sudi sobiq raisi Elvira Jarkeyevani qo‘llab-quvvatlab chiqqan. Unga tegmaslikni so‘ragan. Uning nomidan qandaydir Bektursun Aytaliyev BLS qurilish kompaniyasi ishi bo‘yicha uchrashuvlarga kelgan.

“U uchrashuvlarning birida ochiqdan-ochiq menga hisoblashishini aytib, tahdid qildi”, deya aytib o‘tdi Manas Araboyev.

JTRK ma’lumotlariga ko‘ra, Bektursun Aytaliyev Raisa Atamboyeva qarindoshlarining qudasidir.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Raisa Atamboeva

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing