Qirg‘izistonliklarni Rossiya armiyasiga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimasi hibsxonadan ozod qilindi
Olam
−
28 aprel
5784Bishkekning Pervomay tuman sudi qirg‘izistonliklarni Rossiya armiyasiga yollash ishi bo‘yicha ayblanuvchilarga nisbatan ehtiyot chorasini yumshatdi. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni sud vakiliga tayanib, TASS axborot agentligi xabar berdi.
“Bu ish bo‘yicha barcha ayblanuvchilar Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev va Rossiyaning respublikadagi elchisi Sergey Vakunov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng uy qamog‘iga ozod qilinadi. Tergov ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishga qaror qildi”, deydi Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlaridagi TASS manbasi.
“Ozodlik” radiosi xabariga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha hibsga olingan ikki kishi – O‘shdagi “Rus uyi” xodimi Natalya Sekerina va ismi-sharifi to‘liq ma’lum bo‘lmagan S.V.T.ga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan.
“Sud shu tariqa Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergovchisining iltimosnomasini qanoatlantirdi”, deb yozadi “Ozodlik” radiosi.
Unga ko‘ra, yana ikki ayblanuvchi – O‘sh hokimligi matbuot xizmati xodimi Sergey Lapushkin va o‘zini “siyosatshunos” va “afrikashunos” deb ataydigan rossiyalik Viktor Vasilev hamon hibsda. Ularning advokatlari ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritmagan.
LiveBarchasi