Qirg‘izistonlik deputat hukumatni kontrabandaga qarshilik ko‘rsatmayotganlikda aybladi
Olam
−
06 may 2020 5971 1 daqiqa
Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi kurash olib borilayotgan bir paytda kontrabandachilar Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiyadan oziq-ovqat mahsulotlarini noqonuniy yetkazib berish orqali, hatto chegaralarda qattiq nazorat ostida bo‘lgan karantin sharoitida ham katta miqdordagi pul ishlashmoqda. Bu haqda deputat Janar Aqayev parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Xalq deputatining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Laylak qishloq kengashi deputati qo‘shni Tojikistondan Qirg‘izistonga oziq-ovqat mahsulotlarini noqonuniy olib o‘tish yo‘llari haqida videofilm namoyish etgan.
“Hukumat buni to‘xtata oladimi? Kontrabandani bas qiling, millionlar byudjetga tushadi”, deydi deputat Bosh vazir o‘rinbosari Akram Madumarovga.
Shuningdek, deputat Aqayev hukumatni issiqxona xo‘jaliklari bilan bog‘liq biznesning pasayishida aybladi.
“Temir Sariyev davrida, u Bosh vazir bo‘lgan paytda issiqxonalar kuchli rivojlana boshlagan edi. Endi esa issiqxonalar nobud bo‘ldi. Tashqaridan oziq-ovqat bizda to‘lib ketdi“, deydi parlament vakili.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda hozirda qat’iy cheklovlar o‘rnatilgan. Ularni yumshatish bo‘yicha hukumat tez kunda qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust