Qirg‘izistonga yangi muftiy saylandi
Olam
−
26 iyun 2021
5597Qirg‘izistonga yangi muftiy saylandi. Zamir Rakiyev Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi boshlig‘i bo‘ldi. Bu haqda “24.kg” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu lavozimga undan tashqari yana sakkiz kishi nomzod bo‘lib, murojaat qilgan. Zamir Rakiyev 43 yoshda, u Norin viloyatidan hisoblanadi. Rakiyev Misrdagi diniy kurslarni tugatgan, Bishkek gumanitar universitetida sharqshunoslik bo‘yicha tahsil olgan. 2020 yilda u Bishkek qozisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bu Ulamolar kengashi tomonidan Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasining yangi rahbarini saylash uchun qilingan uchinchi urinish edi. Qirg‘iziston musulmonlarining birinchi qurultoyi 5 aprelga belgilangandi.
Qirg‘iziston Respublikasi muftiysi lavozimiga nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 17 mart kuni yakunlandi. Ammo 30 martdan boshlab muftiyga saylovlar sertifikatlashtirish komissiyasining bosimi tufayli 29 mayga qoldirildi.
LiveBarchasi