Qirg‘izistonga qarshi bahsni kimlar o‘tkazib yuboradi?

Sport

image

Bugun, 20 mart kuni Jahon chempionati-2026 turniri 3-saralash bosqichi 7-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston termasini qabul qiladi. Ushbu bahsni O‘zbekiston terma jamoasi safida Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullayev, Umarbek Eshmurodov va Oston O‘runov kabilar o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Rizespor” tarkibida Turkiya chempionati doirasida burnidan jarohat olgan O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohati sabab Toshkentga kelmagan. Terma jamoa ustozi Temur Kapadze Aliqulovning o‘rnini “Nasaf” himoyachisi G‘olib G‘aybullayev bilan to‘ldirdi. Shuningdek, o‘yinga bir kun qolganida “Nasaf” klubi himoyachisi Sherzod Nasrullayevning ham jarohati borligi va Qirg‘iziston termasiga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Yana bir markaziy himoyachi Umarbek Eshmurodov diskvalifikatsiyasi borligi uchun o‘yinda qatnasha olmaydi. Ya’ni u Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan va bugungi Qirg‘iziston termasiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishga ulgurmagan Oston O‘runov ham Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Shu sababdan Kapadze “Al-Vahda” klubi vingeri Xojimat Erkinovni jamoaga jalb qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Oston O'runov Husniddin Aliqulov Sherzod Nasrullaev Jahon chempionati-2026 3-saralash bosqichi Umarbek Eshmurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing