Qirg‘izistonga 590 ming dollarni noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qamaldi
3-sahifa
−
26 dekabr 2023
5822590 ming AQSH dollarini Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri, Andijon va Namangan viloyatlaridagi yirik savdogar va tadbirkorlarning juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutalarini aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iz Respublikasiga o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1998 va 2002 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs joriy yilning may oyida Toshkent shahrida juda ko‘p miqdordagi chet el valyutalarini qabul qilib olib, ularni jinoiy sheriklariga yetkazish uchun Farg‘ona viloyati tomon yo‘l olishadi.
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida ular ushbu xorijiy valyutalarni Qirg‘iz Respublikasiga bojxona nazoratini chetlab, o‘tkazishi kerak bo‘lgan, Quvasoy shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan uchrashgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ular harakatlanib kelgan Spark mashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida 4 dona qora rangli polietilen paketlarga o‘ralib, skotch bilan mahkamlangan jami 590 945 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruh yetakchisi bo‘lgan Quvasoy shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan shaxs ham qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
Natijada jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi tomonidan ushbu shaxslarning 2 nafariga nisbatan 5 yil, qolgan 2 nafariga nisbatan esa 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olingan 590 945 AQSH dollari va Spark rusumli avtomashina davlat egaligiga o‘tkazildi.
LiveBarchasi