Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot haydab o‘tayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda ot haydab o‘tishga urinish to‘xtatildi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 7 yanvar kuni Jalolobodning Aqsi tumanidagi Sog‘ot qishlog‘ida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan. U “Ola buqa” chegara otryadi harbiylari tomonidan ushlangan.

Qirg‘iziston fuqarosi 3 ta otni O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, bir kun avval Jalolobod viloyatining Nooken tumanidagi chegarachilar O‘zbekistondan Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan noma’lum fuqaroni payqab qolgan.

Qoidabuzarni qo‘lga olish chog‘ida chegara posbonlari tashlab ketilgan ikkita sumka ichidan dori vositalarini topgan. Erkakning o‘zi Qirg‘iziston hududiga kirib, g‘oyib bo‘lgan. Hozirda kontrabandachini qidirish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kontrabanda mahsulotlarining umumiy qiymati 700 ming somdan ortiqni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 590 ming AQSH dollarini O‘zbekistondan Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslarga sud hukmi o‘qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston ot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing