Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 2 kgdan ortiq giyohvandlik moddasini olib kirganlar ushlandi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston hududidan O‘zbekistonga olib kirilgan 2 kgdan ortiq giyohvandlik moddasi ushlangan.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi 45 yoshli I.G‘. Namangan shahrida yashovchi 46 yoshli B.N. dan 2 kg 162 gr bo‘lgan opiy giyohvand moddasini sotib olayotgan vaqtda ushlandi.

Aniqlanishicha, B.N. Nizomboyev mazkur giyohvand moddani Qirg‘izistondagi “Jenis” ismli tanishi orqali kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga olib o‘tgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Giyohvand modda

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing