Qirg‘iziston Prezidenti tomosha qilgan o‘yin tartibsizlik bilan tugadi (video)
Olam
−
01 Sentabr 2023
12434Qirg‘izistonda ko‘pkari bo‘yicha Prezident kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilik tomoshabinlar o‘yin natijalaridan norozi bo‘lishi oqibatida tadbir ommaviy tartibsizliklar bilan yakunlandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Kecha, 31 avgust kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida ikki jamoa o‘rtasida ko‘pkari bo‘yicha Prezident kubogi finali bo‘lib o‘tgan. O‘yin natijasiga ko‘ra g‘alaba jamoalardan biriga nasib etgan va bu ko‘plab tomoshabinlarni norozi qilgan. Natijada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sudya kaltaklangan, maydonda tartibsizliklar boshlangan. Kechga yaqin odamlar tarqalib ketgan.
O‘sh viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berishicha, o‘yinni tomosha qilish uchun 40 mingga yaqin odam kelgan. Ushbu fakt yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Guvohlar Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va boshqa yuqori martabali amaldorlar – Bosh prokuror va Oliy sud raisining o‘yin natijalaridan so‘ng tomoshabinlarning ommaviy noroziligiga reaksiyasini ham suratga olgan.
LiveBarchasi