Qirg‘izistonda jamoatchilik faoli Prezident maslahatchisi bo‘ldi
Olam
−
31 mart 2023 7504 1 daqiqa
Qirg‘izistonlik jamoatchilik faoli Bolot Ibrohimov Sadir Japarovning maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda “24.kg” nashri Prezident ma’muriyatiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari bu haqdagi farmonni imzolagan. Unga ko‘ra, Bolot Ibrohimov Prezidentga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maslahat beradi.
Bolot Ibrohimov 2021 yilgi parlament saylovida “El umidi” partiyasidan nomzodini qo‘ygan. U Bishkekdagi haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarinining buzilishi va baxtsiz hodisalar haqidagi videolari bilan tanilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28