Qirg‘izistonda Yangi yil archasini portlatmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Olam

image

Qirg‘izistonda ISHID terrorchilik guruhi a’zolari tomonidan Yangi yil archasi oldida uyushtirilishi rejalashtirgan teraktning oldi olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

“Jalolobod shahrida davom etayotgan aksilterror tadbirlari davomida ISHID xalqaro terrorchilik tashkiloti Xuroson bo‘limining voyaga etmagan a’zolari qo‘lga olindi. Bu shaxslar internet orqali masofadan turib terrorchilik tashkiloti safiga jalb qilingan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘smirlar chet eldagi terroristik tashkilot emissarlarining ko‘rsatmasi bilan Jalolobod shahrining markaziy maydonidagi bosh archa yoniga qo‘lbola portlovchi moslama o‘rnatishni rejalashtirgan. Shuningdek, Jalolobod shahridagi Bibi Maryam cherkoviga terakt va qurolli hujum uyushtirishni ham maqsad qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2007 yilda tug‘ilgan ikki nafar respublika fuqarosi qo‘lga olingan, ularning ism-shariflari oshkor qilinmayapti. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ulardan olingan mobil qurilmalarni ko‘zdan kechirish chog‘ida “terrorchilik xurujiga tayyorgarlik ko‘rishning rad etib bo‘lmaydigan dalillari”, xususan, xalqaro terroristik tashkilot emissarlari bilan yozishmalar, qo‘lbola portlovchi qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va yo‘riqnomasi, shuningdek, terrorchi guruh rahbariga sodiqlik qasamyodi aks etgan videoyozuvlar topilgan. Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Qo‘lga olinganlar Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha davlat xizmatining 53-sonli tergov izolyatoriga joylashtirilib, ularning Qirg‘iziston Respublikasi hududida jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha bir qator tezkor-tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Qozog‘iston janubidagi Turkiston shahrida joylashgan Ahmad Yassaviy maqbarasini portlatishga urinish mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID terakt Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made