O‘zbekiston fuqarosi uyushtirgan teraktga aloqador shaxs Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari joriy yilning 8 dekabr kuni 2017 yilda Turkiyaning Istanbul shahridagi tungi klubda sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilingan xorij fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda maxsus xizmat xabar bergan.  

“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurash tadbirlari doirasida 2021 yil 8 dekabr kuni Bishkek shahrida xorijiy davlat fuqarosi “M.Sh.R.” qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs Istanbuldagi klublardan birida ro‘y bergan, oqibatda 39 nafar fuqaro halok bo‘lgan shov-shuvli teraktga aloqador”, deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatoriga yetkazilgan, tezkor tadbirlar davom etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi Istanbulning O‘rtako‘y tumanidagi Reina tungi klubida sodir etilgan terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, ulardan 16 nafari xorijlik. Qurbonlar Rossiya, Iordaniya, Marokash, Saudiya Arabistoni, Livan, Liviya va Isroil fuqarolari bo‘lgan. Qayd etilishicha, hujumni o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov sodir etgan bo‘lib, u tez orada Istanbul tumanlaridan birida qo‘lga olingan. Hujum uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, terrorchi Abdulqodir Masharipovga 40 barobar og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi tayinlangandi. Umumiy hisobda u 1368 yil qamoq jazosiga hukm etilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya terakt Qirg'iziston

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing