Qirg‘izistonda uyma-uy yurib dinni targ‘ib qilish taqiqlanishi mumkin

Olam

image

Qirg‘iziston Jogorku Kenesh yig‘ilishida deputatlar “Diniy e’tiqod erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida”gi va “Diniy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Hujjatlar haqida ma’lumot bergan Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi direktori Azamat Yusupovga ko‘ra, qonun loyihalarini ishlab chiqishdan maqsad diniy sohadagi davlat siyosatining izchilligini ta’minlash va qonunchilik bazasini takomillashtirishdan iborat.

“Diniy e’tiqod erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasida xorijiy diniy ta’lim olish jarayonini tartibga solish taklif etilmoqda. Chet elda buzg‘unchi diniy ta’limning ta’sirining oldini olish, shuningdek, statistik ma’lumotlarni yuritish maqsadida xorijiy diniy ta’lim olishni xohlovchilar o‘zlarining chiqishlarini Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi va diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi bilan kelishib olishi shart.

Qonun loyihasi diniy ob’ektlarni hisobga olishni huquqiy tartibga solish, diniy xayriya jamg‘armalarini hisobga olish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) hamda diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tushunchasini joriy etishga qaratilgan.

Uyma-uy yurib dinni targ‘ib qilish yoki singdirishni taqiqlash taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan fuqarolarni dafn etish va qabr toshlarini o‘rnatish tartibi bo‘yicha yangi yo‘riqnoma ishlab chiqilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Jogorku Kenesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing