Qirg‘izistonda to‘rt nafar chet ellik sayyoh halok bo‘ldi
Olam
−
26 fevral
7341Qirg‘izistonda chexiyalik to‘rt nafar sayyoh qor ko‘chkisi ostida halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 26 fevral kuni Issiqko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
“Issiqko‘l viloyatining Jirg‘alon darasida Chexiyadan kelgan to‘rt nafar sayyoh qor ko‘chkisi ostida qolib, vafot etdi”, degan viloyat IIB matbuot kotibi Stalbek Usubaqunov.
Uning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 23 nafar Chexiyadan kelgan sayyohlar Jirg‘alonga chang‘i uchish uchun kelgan. Ular tepalikdan tushayotgan paytda qor ko‘chkisi boshlanib qolgan va 19 nafar fuqaro qutqarilgan hamda to‘rt nafari qor ostida qolib ketgan.
Qurbonlarning shaxsi aniqlanib, jasadlari Qorako‘l shahriga olib ketilgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antaliyada markaziy osiyolik sayyohlar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan edi.
LiveBarchasi