Qirg‘izistonda tojikistonlik o‘quvchilar kaltaklandi. Tojikiston qirg‘iz elchisiga nota topshirdi

Olam

image

Tojikiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Husaynzoda qirg‘izistonlik diplomatga Qirg‘iziston Chegara xizmati vakillarining mamlakatning voyaga etmagan ikki fuqarosiga nisbatan qo‘llagan noqonuniy xatti-harakatlari munosabati bilan nota topshirdi. Bu haqda Tojikiston TIV Axborot departamentiga tayanib, “ASIA-Plus” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, notada Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati vakillarining Tojikistonning voyaga etmagan ikki fuqarosiga nisbatan Isfara shahrining Vorux jamoati Kulik hududida qo‘llagan noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan chuqur xavotiri bildirilgan.

Muzaffar Husaynzoda chegara zonasida keskinlikka olib keladigan bunday noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini e’lon qildi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Qirg‘iziston tomonini voqea uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, u natijalardan tojik tomonini xabardor qilishga chaqirdi.

“Tojikiston tomoni ikki qardosh xalqning an’analari va mushtarak ma’naviy hamda madaniy qadriyatlari asosida tinchlik, barqarorlik va o‘zaro hurmat sharoitida Qirg‘iziston bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini izchil rivojlantirish tarafdoridir”, deydi Muzaffar Husaynzoda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Tojikiston bilan chegara hududida qirg‘iz va tojik fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.

Keyinchalik, Qirg‘iziston Tojikistonni chegaradagi vaziyatni keskinlashtirayotganlikda aybladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro tojik tomonining Oqsoy ovuli Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi ustunlarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga qaror qilganidan keyin boshlangan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing