Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

Qirg‘izistonda terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan 30 kishi qo‘lga olindi (video)

Olam

image

Joriy yilning 27 fevral kuni Qirg‘izistonda amaldorlar, maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi teraktlar sodir etishni rejalashtirgan terrorchilik tuzilmasining 30 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yacheyka a’zolari muntazam ravishda yashirin yig‘ilishlar o‘tkazib, ularda radikal mafkurani targ‘ib qilish va terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullangan.

Aniqlanishicha, ushbu radikal guruhning asosiy maqsadi Qirg‘izistonning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jihod qilish, shuningdek, mamlakat rasmiylari, maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nisbatan teraktlarni rejalashtirish bo‘lgan. Guruh a’zolaridan biridan qo‘lbola portlovchi qurilma yasash bo‘yicha video yo‘riqnoma olingan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkek va Chuy viloyatida sobiq deputat va “Kirk uruu jeti duban intimagi” jamoat harakati a’zolari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

terrorchilik Qirg'iziston portlovchi qurilma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing