Qirg‘izistonda soxta olma ichida narkotik olib o‘tayotgan o‘zbekistonlik haydovchi ushlandi 

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi bojxona terminalida tezkor xodimlar tomonidan qiymati yarim million dollarlik 10 kgdan ortiq metamfetamin qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. 

Narkotiklar muzlatgichli DAF yuk mashinasini tintuv qilish chog‘ida topilgan, u yerda olma qutilari bo‘lgan. Yuk mashinasi Respublikaga Erondan Turkmaniston va O‘zbekiston orqali kelgan. 

Ta’kidlanishicha, yuk mashinasidagi mevalar orasidagi 147 dona yasama olmaga “narkotik-metamfetamin” moddasi joylangan. 

Yuk mashinasining haydovchisi, O‘zbekiston fuqarosi K.B. qo‘lga olingan. 

Tadqiqot shuni ko‘rsatganki, bu umumiy og‘irligi 10,1 kg bo‘lgan metamfetamin bo‘lib, undan 150 ming doza narkotik olish mumkin. Uning qora bozordagi narxi 531,3 ming dollarni tashkil etishi aniqlangan. 

Qayd etilishicha, qo‘shma maxsus operatsiya Ichki ishlar vazirligining Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish xizmati va Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston narkotik

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing