Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 may kuni Toshkent vaqti bilan 05:25 da Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 281 km janubi-sharqda. Magnituda: 3,9. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Jalolobod, Qirg‘iz Respublikasi. Zilzila koordinatalari: 41,23 gradus shimoliy kenglik; 72,58 gradus sharqiy uzunlik. Epitsentrda sezilish kuchi: 4 ball.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 32 km.
  • Izboskan tumanida 2 ball, 45 km.
  • Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 45 km.
  • Andijon tumanida 2 ball, 49 km.
  • Andijon shahrida 2 ball, 53 km.
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 56 km.
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 2 ball, 58 km.
  • Norin tumanida 2 ball, 58 km.
  • Xonobod tumanida 2 ball, 59 km.
  • Oltinko‘l tumanida 2 ball, 60 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qirg‘izistonda 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. U Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida sezilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jalolobod zilzila Qirg'iz Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing