Qirg‘izistonda Rossiya vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
Olam
−
23 fevral 2021
1792Qirg‘izistonda Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan.
Departament ushbu preparat mamlakatda rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlagan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish hujjatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari va tibbiy buyumlar departamenti tomonidan berilgan.
Vakilning ta’kidlashicha, "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish yaqin kelajakda aholini koronavirusdan himoya qilish uchun emlashni boshlashga imkon beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 85 ming 929 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 1 ming 458 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi