Qirg‘izistonda Ramazon oyi qachon boshlanishi ma’lum qilindi. Qaror O‘zbekiston muftiyati bilan birgalikda qabul qilingan

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasida Ramazon oyi 24 apreldan boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston Musulmonlar diniy boshqarmasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bunday qaror O‘zbekiston muftiyati bilan birgalikda qabul qilingan. Ammo qaror oy chiqishiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

“Shariat tomonidan belgilangan me’yorlar va tadqiqotlar bo‘yicha, bu yil Ramazon oyi 24 apreldan boshlanadi“, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Islom taqvimi quyosh taqvimiga to‘g‘ri kelmagani uchun, Ramazon oyi har yili o‘zgarib turadi. 29 yoki 30 kunlik ro‘za tutgandan so‘ng, oilalar maxsus bayram ziyofatiga yig‘ilishadi. Oy davomida muhtojlarga yordam beriladi. Har qanday gina-gudratlar unutiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston muftiyati tomonidan Ramazon oyini qanday o‘tkazish borasida fatvo berilgan edi. Shuningdek, 2020 yilgi zakot miqdori ham e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Ramazon

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing