Qirg‘izistonda portlash. Qurbon bor
Olam
−
08 noyabr 2019
10448Bugun, 8 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida portlash yuz berdi. Unda 15 kishi jarohatlangan. Ulardan 7 nafari bolalar ekani xabar qilinmoqda.
Portlash Bishkek markazidagi Chuy va Erkin shox ko‘chasi kesishmasidagi Fast-fudda sodir bo‘lgan. Yong‘in vaqtida fast-fud ishchilaridan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Jarohatlanganlardan 6 nafari esa shifoxonaga yotqizilgan. Qolganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi
“Shifoxonaning umumiy reanimatsiyaga ikki kishi yotqizildi, tashhis: tananing 25-30 foiz kuyish, ahvoli og‘ir. Shifoxonaning kuyish bo‘limiga 3 kishi tananing 5-13 foiz kuyishi bilan yotqizildi, ahvoli o‘rta”, deyiladi xabarlarda.
Guvohlar uchta kuchli portlash yuz bergani haqida aytishdi. Militsiya kamida ikkita portlash haqida xabar qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fast-fuddagi gaz balonlar portlagan. Yong‘in soat 14:00 da o‘chirildi.
LiveBarchasi