Qirg‘izistonda namoyish. Militsiya xodimlari jarohatlandi

Olam

image

Kecha, 2 mart kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan miting tarqatilishi paytida 18 nafar qirg‘iz militsiyasi xodimi tan jarohati oldi. Bu haqda bugun, 3 mart kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

"Miting tarqalib ketganidan so‘ng, 18 nafar militsiya xodimi turli jarohatlar bilan tibbiy yordamga murojaat qildi. Ularning barchasi ambulatoriya sharoitida yordam oldi", deyiladi vazirlik xabarida.

Kecha, 2 mart kuni Bishkek ma’muriyati va parlamenti joylashgan markaziy maydonda, sobiq deputat va hozirda mahkum Sadir Japarovni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,5 ming nafargacha odam yig‘ildi. Ular sobiq parlament vakilini ozod qilinishini talab qilishdi. Kechga kelib olomon militsiya xodimlariga tosh otishni boshladi, huquq-tartibot xodimlari esa bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va yorug‘-shovinlik granatalarni ishlatdi. Namoyishchilar maydondan tashqariga chiqarib yuborildi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, mitingda ishtirok etgan 166 kishi qo‘lga olingan. Bir ozdan so‘ng shaxsi aniqlangan 162 kishi qo‘yib yuborilgan. 4 kishi hibsda qolgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilning 25 mart kuni xorijdan Qirg‘izistonga kelgani zahoti qo‘lga olindi. Sud uni qator jinoyatlarda ayblab, 11 yilu 5 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Xususan, u 2013 yilda Qorakol viloyat markazidagi miting paytida odamlarni garovga olinganlkda aybdor deb topilgan. Keyinchalik yuqori sud Japarovning qamoq muddatini 10 yilga kamaytirdi. O‘tgan yilning oxirida sobiq deputat respublika Prezidenti Sooronbay Jeenbekovga avf etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan edi.


Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing