Qirg‘izistonda muz ko‘chishi hodisasi kuzatildi (video)

Olam

image

Joriy yilning 8 iyul kuni Qirg‘izistonning Jukuu darasida Tyan-Shan tog‘larida muz ko‘chishi hodisasi ro‘y berdi. Xavfli hodisa 10 ga yaqin xorijiy sayyoh ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi. Natijada bir nafar sayyoh oyog‘idan lat yedi.

Sayyohlardan biri, britaniyalik Garri Shimmin hodisa aks etgan ajoyib videoni ijtimoy tarmoqqa joylashtirgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u va yana 9 kishi Tyan-Shan tog‘lari bo‘ylab sayohatga chiqqan. Guruh sayohatning eng baland nuqtasiga yetib kelganda erkak qoya chetida suratga tushish uchun qolganlardan ajralib chiqqan.

“Suratga tushayotganimda orqamdan muzning yorilgan ovozini eshitdim. Men u yerda bir necha daqiqa bo‘lganim uchun yaqinimda yashirinadigan joy borligini bilardim. Jar yoqasida edim, shuning uchun faqatgina yo‘li ko‘chki tomon yugurish va yonimdagi pana joydan uzoqlashish mumkin edi (shuning uchun men qimirlamayapman). Ha, men oxirgi soniyagacha u yerda qoldim, to‘g‘ri darhol pana joyga o‘tish xavfsizroq bo‘lishini bilardim. Juda katta tavakkal qilganimni tushunib turibman. Qor bosishi bilan qorong‘i bo‘lib qoldi, nafas olishim qiyin bo‘ldi, bir lahza o‘lishim mumkin, deb o‘yladim”, degan erkak.

Sayyohning ta’kidlashicha, guruhning omadi kelgan, chunki besh daqiqadan so‘ng ular barchasi muzlik tushgan yo‘l bo‘ylab harakatlanmoqchi bo‘lgan.

Muz ko‘chishi sayyohlar uchun fojia bilan yakunlanmagan. Guruhdan hech kim jiddiy jarohat olmagan, faqat bitta sayyoh otdan yiqilib yengil jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

274

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing