Qirg‘izistonda muxolifat lideri qamoqdan chiqdi

Olam

image

Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi korrupsiya va pora olgani uchun 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan muxolifatchi siyosatchi Omurbek Tekebayevni hibsdan ozod qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Tekebayevning ehtiyot chorasi uy qamog‘i bilan almashtirdi.

Qirg‘izistonning taniqli siyosatchilaridan biri, "Ota Makon" sotsialistik partiyasining muxolifatdagi parlament fraksiyasining yetakchisi Tekebayev 2017 yil fevral oyida Bishkekdagi aeroportda YeXHT Parlament assambleyasining Venadagi sessiyasidan qaytayotganda hibsga olingan. 

O‘sha vaqtda respublikaning sobiq elchisi Duyshonqul Chotonov ham hibsga olingan. Siyosatchilar korrupsiyada ayblanib, ularning har biri 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Qirg‘iziston Oliy sudi 2019 yil 21-avgustda Tekebayev va Chotonovning jinoiy ishini “yangi ochilgan holatlar tufayli” ko‘rib chiqish uchun yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing