Qirg‘izistonda Lenin, Putin va Aytmatov haykali o‘rnatildi
Olam
−
07 Oktabr 2019
5539Qirg‘izistondagi ZIL tog‘-chang‘i kurorti hududida Chingiz Aytmatov, Vladimir Lenin va Vladimir Putinning bronza haykallari o‘rnatildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Kurort ishchilarining aytishicha, Putinning haykali yoniga minnatdorchilik izhori bitilgan toshlavha qo‘yilishi ham rejaga kiritilgan.
Kurort poytaxt Bishkek shahridan 35 km masofada joylashgan. Hozir yangi haykallar o‘rnatilgan joyda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, qirg‘izistonliklarning ko‘pchiligi Putin monumenti uchun joy yaxshi tanlanmaganini aytmoqda. Negaki haykal hojatxonaga yaqin joyga o‘rnatilgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yil may oyida Rossiyaning Qozog‘istonga chegaradosh Qo‘rg‘on oblastida “Vatanga xizmat” yodgorligi ochilgan.
Dastlab yodgorlik markazida Vladimir Putinning monumenti o‘rnatilgan, ammo yodgorlik ochilishiga 2 kun qolganda monument olib qo‘yilgan. O‘shanda Rossiya davlat Dumasi deputati Aleksandr Iltyakovning tashabbusi bilan qilingan loyiha Prezident administratsiyasining qarshiligi bilan chala qolgan edi.
LiveBarchasi