Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin ortdi
Olam
−
24 mart 2020
25276Bugun, 24 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Tolo Isoqov mamlakatda yana 26 ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda "Kabar" nashri xabar berdi.
Ular quyidagi tibbiy muassasalarda joylashgan:
• Bishkekdagi Respublika klinik yuqumli kasalliklar kasalxonasi;
• O‘sh mintaqalararo klinik kasalxonasi;
• Novqat hududiy kasalxonasi;
• Jalolobod viloyat klinik shifoxonasi;
• Botkent viloyat qo‘shma kasalxonasi.
Shunday qilib, bugungi kunda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 42 nafarga yetdi. Ularning uch nafari 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 196 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 392 440 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 17 149 nafari vafot etgan, 103 396 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 271 895 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 259 714 nafari yoki 96 foizi ahvoli qoniqarli, 12 181 nafari esa og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi