Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan shifokorlar soni ortdi

Olam

image

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi holatlari soni 1350 ga yetdi. Bu haqda bugun, 22 may kuni COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtab-kvartirasi ma’lum qildi.

"2020 yil 21 mayda respublikada SOVID-19 ning 37 ta yangi holati qayd etildi", dedi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yuqtirganlar orasida uch nafar tibbiyot xodimi ham bor. 20 nafar bemor kasallikdan butkul sog‘aygan.

Bugungi kunda Respublikada COVID-19 koronavirusi 1350 kishida aniqlandi. Ulardan 273 nafari tibbiyot xodimi. 14 kishi halok bo‘ldi. 949 bemor sog‘ayib, shifoxonalardan chiqarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing