Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan shifokorning birinchi o‘limi qayd etildi

Olam

image

Koronavirus bilan kasallangan 3-sonli oilaviy tibbiyot markazi rahbari Juzum Kokumbayeva koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda kecha, 2 may kuni "Vecherniy Bishkek" nashri xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, bu Qirg‘izistonda qayd etilgan ilk shifokor o‘limi.  Xabar qilinishicha, Kokumbayeva avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligini tanqid qilib chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yuqish xavfini kamaytirish uchun vazirlik maxsus tibbiy guruh va oddiy shifokorlarni alohida qilib ajratishi kerak edi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Kokumbayeva pnevmoniya, kasallikning og‘ir shakli va nafas olish yetishmovchiligi sabab vafot etgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda Qirg‘izistonda 200 nafar shifokor kasallikni yuqtirib olgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq 795 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 564 nafari sog‘aygan, 10 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 221 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing