Qirg‘izistonda KXSHT mashg‘ulotlari boshlandi
Olam
−
07 Sentabr
2954Qirg‘izistondagi “Edelveys” poligonida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining “O‘zaro hamkorlik-2024” Tezkor harakat kollektiv kuchlari bilan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari, “Izlash-2024” va “Eshelon-2024” maxsus mashqlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda KXSHT birlashgan shtab-kvartirasi matbuot kotibi Vladislav Shegrikovich ma’lum qildi.
Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov mashg‘ulotlar ishtirokchilari oldida so‘zga chiqar ekan, zamonaviy dunyoda xavfsizlik birinchi darajali masalaga aylanib borayotgani va bu KXSHT davlatlaridan yangi yondashuvlarni talab qilishini ta’kidladi.
“Mamlakatlarimiz dunyoda davom etayotgan hokimiyat almashuvining bevosita ishtirokchisiga aylandi, terroristik, separatistik va ekstremistik kuchlar, dunyoda ro‘y berayotgan inqirozlar haqida ma’lumot berib, doimiy ravishda pozitsiyalarni taqqoslash va zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi qadamlarni kelishib olish uchun har qanday imkoniyatlarni topib borish biz uchun jiddiy muammoga aylandi”, deydi vazir.
Bekbolotovning qo‘shimcha qilishicha, voqelikni inobatga olgan holda bo‘lajak mashg‘ulotlar qo‘shimcha ma’no kasb etadi, chunki “nafaqat joriy o‘zaro hamkorlikni saqlab qolish, balki uni harbiy munosabatlar sohasida ham izchil rivojlantirish talab etiladi”.
O‘z navbatida, KXSHT Bosh kotibi o‘rinbosari Taalatbek Masadiqov Markaziy Osiyo davlatlari uchun asosiy tahdid sifatida radikal ekstremistik guruhlarning Yaqin Sharqdan mintaqa davlatlarining janubiy chegaralarigacha harakatlanishi ehtimolini atadi.
"Ushbu sharoitda jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun Qurolli kuchlar, davlatlarning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari va KXSHT Kollektiv kuchlari qo‘shinlari o‘rtasida aniq o‘zaro hamkorlik zarur", deb ta’kidladi u.
KXSHT Birlashgan shtab boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Serdyukov dronlardan foydalanish va ularga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
“Bu safar amaliy harakatlarimiz jangovar katerlar yordamida suv zonalarida sinovdan o‘tkaziladi”, deya qo‘shimcha qildi Serdyukov.
Mashg‘ulotlarga jami 1,5 ming nafarga yaqin harbiy xizmatchi hamda 300 tagacha qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika, jumladan, samolyotlar, turli xildagi dronlar, jangovar katerlar, havo hujumidan mudofaa tizimlari jalb etilgan.
LiveBarchasi