Qirg‘izistonda fuqarolarga otasining ismi o‘rniga onasining nomini berishga ruxsat berildi

Olam

image

Qirg‘izistonda mamlakatning voyaga yetgan fuqarolariga otasining ismi bilan birga onasining ismini ham ishlatishga rasman ruxsat berildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Tegishli qaror respublika Konstitutsiyaviy sudi tomonidan qabul qilingan. Qaror yakuniy hisoblanadi.

Qaror yuzasidan apellyatsiya berilmaydi hamda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

“Qaror respublika bo‘ylab barcha davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir”, deyiladi Konstitutsiyaviy sud qarorida.

Qirg‘izistonlik faol Oltin Kapalovaning so‘zlariga ko‘ra, endilikda Qirg‘izistonning har bir voyaga yetgan fuqarosi bu huquqdan foydalanishi mumkin.

“Men Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga ushbu qarori uchun minnatdorlik bildiraman va 16 yoshli o‘g‘lim Doniyar Altinovich Kapalovni tabriklayman, u tez orada pasport olishga boradi va mening ismimni tenglashtiradi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

pasport Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing