Qirg‘izistonda Falastin elchixonasi ochiladi

Olam

image

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod Al-Maliki 27-28 avgust kunlari tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tgan rasmiy muzokaralardan so‘ng, tomonlar Bishkekda Falastin elchixonasini ochishga kelishib olgan. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Jeenbek Quluboyev Qirg‘iziston TIV bu borada Falastin tomoniga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qilgan. Qirg‘iziston tomoni bir vaqtning o‘zida Falastindagi elchixonalaridan birini akkreditatsiya qilmoqchi. 

Muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, jumladan, Falastin, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan. 

Qirg‘iziston tomoni xalqaro maydonda birodar Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash va Falastin-Isroil mojarosini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom hamkorlik tashkilotining tegishli rezolyutsiyalari asosida tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing