Qirg‘izistonda elektron sigaretlarga taqiq qo‘yilmoqchi

Olam

image

Qirg‘iziston Jogorku Kenesh (parlament) deputati Shairbek Tashiyev Qirg‘izistonda elektron sigaret chekishni taqiqlash tarafdori ekanini aytdi. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. 

O‘zgartirishlar maxsus to‘ldiruvchi suyuqlik solingan bakiga ega bo‘lgan elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutadi. 

Jumladan, elektron sigaretlardan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslarga belgilangan hisoblash miqdorining 400 baravari (40 ming som yoxud 447 AQSH dollari), yuridik shaxslarga 600 baravari (60 ming som yoxud 671 AQSH dollari) miqdorida jarima solish taklif etilmoqda. 

Elektron sigaretani sotish jismoniy shaxslarga belgilangan hisoblash miqdorining 500 baravari (50 ming som yoxud 559 AQSH dollari), yuridik shaxslarga 650 baravari (65 ming som yoxud 727 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Elektron sigaretalar olib kirish uchun 1,5 mingdan 2 ming belgilangan hisoblash miqdorigacha (150-200 ming som yoxud 1679-2239 AQSH dollari) jarima yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash taklif qilinmoqda. 

Xalq deputati so‘nggi yillarda maktab o‘quvchilari o‘rtasida elektron sigaretlardan foydalanish sezilarli darajada oshganini qayd etdi. 

“Suyuqliklarning tarkibi va kimyoviy tarkibiy qismlari haqida hech kim bilmaydi. Sigaretaga yoqimli hid va ta’m beradigan ba’zi xushbo‘y moddalar allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Elektron sigaretlardan foydalanish bronxial astma rivojlanishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi asoslash guvohnomasida.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston sigaret

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing