Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonga sezildi
Jamiyat
−
15:03 913 1 daqiqa
Bugun, 12 sentyabr kuni Qirg‘iz Respublikasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 14:47 soat da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 3,9, chuqurligi 16 km. Zilzila episentri Toshkentdan 251 km janubiy-sharqda joylashgan.
Zilzila koordinatalari: 41,25 daraja shimoliy kenglik, 72,22 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Andijon viloyatida 2 ball, 49 km.
- Namangan viloyatida 2 ball, 55 km.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 avgust kuni Buxoroda zilzila sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi